
Bernardu Silva jamoani tark etishi mumkin
Yarim himoyachi Bernardu Silva yozgi transferlar vaqtida "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.
"Manchester Evening News" nashir xabariga ko‘ra, portugaliyalikning ketishi "shaharliklar"ni qayta qurishning bir qismi bo‘lishi mumkin. Biroq klub Silvaga tegishli taklif tushsagina ketishiga ruxsat beradi. Hozircha bunday taklif bo‘lmagan.
Amaldagi shartnomaga ko‘ra, Bernardu "Manchester Siti" bilan 2025 yilning iyun oyi oxirigacha bog‘langan. Avvalroq portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi yangi chorlovni qabul qilish istagi haqida gapirgandi.
28 yoshli xavbek 2022/2023 yilgi mavsumda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar