Bernardu Silva: "Men bunday deb o‘ylamayman"

  • 11 dekabr, 2022, 21:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Bernardu Silva jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi. Yarim himoyachi Ronaldu atrofidagi shov-shuvlar jamoaga xalaqit beradimi yoki yo‘qmi degan savolga:

Tecno

"Men umuman bunday deb o‘ylamayman. Bu mening "JCh-2018" va "Evro-2020"dan keyingi uchinchi turnirim edi.

Bu turnirlardan keyin jamoamiz yanada jipslashdi va muhit ham yaxshi edi. To‘g‘risini aytsam, biz keyingi bosqichga chiqishimizga ishongandik.

Biz barcha yurtdoshlarimizdan uzr so‘raymiz. Keyingi bosqichga chiqish uchun qo‘limizdan kelganini qildik. Ammo bugun uddala olmadik", - dedi "Manchester Siti" yarim himoyachisi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati chorak finalida Ronaldu jamoasi Marokash to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!