Bernardu, uch superklubdan birini tanla!

  • 03.04.2026 06:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ayni paytda yuzaga kelgan barcha holatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tajribali yarim himoyachi Bernardu Silva to‘qqiz yillik faoliyatdan so‘ng yozda “Manchester Siti”ni tark etadi.

Avvalroq portugaliyalik futbolchi klubga yozda erkin agent sifatida ketishi haqida xabar bergani aytilgan edi.

A Bola jurnalistlari Silvaning klubini o‘zgartirish qarorini tasdiqlamoqda. Ushbu manba 31 yoshli hujumkor futbolchining ehtimoliy yo‘nalishlari sifatida “Barselona”, “Yuventus” va “Galatasaroy”ga dalolat qilmoqda.

Transfermarkt mutaxassislari Bernardu Silvaning transfer bozoridagi qiymatini 27 million yevroga baholagan. Joriy mavsumda Silva 42 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!