
Zudlik bilan ketadigan besh futbolchi nomi aytildi
“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida bir necha o‘yinchilaridan qutilish bo‘yicha ham ish olib borishi kerak.
Football Transfers ekspertlari “aristokratlar” safini birinchi bo‘lib tark etadigan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida anchadan beri boshqa klublarda ijarada yurgan futbolchilar ham bor.
Londonliklar bu o‘yinchilardan ba’zilari rekord darajadagi mablag‘ga xarid qilgan. Biroq transferlar o‘zini oqlamagan.
Zudlik bilan o‘ziga boshqa jamoa topishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga Romelu Lukaku, Malang Sarr, Kepa Arrisabalaga, Armando Broyya va David Datro Fofana kiritildi.
“Chelsi” mutasaddilari bu o‘yinchilarga yangi jamoa topib bera olmasa, klub yangi bosh murabbiy Enso Mareska kutayotgan charm to‘p ustalarini transfer qila olmaydi.
Fikrlar