Besh rekordni urgan legionerimiz jamoasidan ketdi va Evropadan birinchi taklifni rad etdi!
Belarus futbolini yoritishga ixtisoslashgan https://by.tribuna.com sayti oliy ligani ikkinchi o‘rinda yakunlab, o‘z tarixida ilk bor kumush medalni qo‘lga kiritgan “Energetik-BGU” bir necha futbolchilari bilan xayrlashganini ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, minsklik “talabalar”ning eng katta yo‘qotishi chempionatning eng zo‘r to‘purari va eng samarali o‘yinchisi Bobur Abduxoliqov bo‘ldi.

Bobur bilan birga klubni bir necha etakchilar – jamoa sardori Aleksandr Svirepa, hujumchi Roman Papariga, darvozabon Artyom Makavchik, himoyachi Ilya Lukashevich ham tark etdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Svirepa xorijdan va Minskning “Dinamo” jamoasidan taklif olgan. Makavchik va Papariga Qozog‘iston chempionatiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.
Bobur Abduxoliqov ham turli jamoalardan chorlov ola boshladi. Manbaning ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik hujumchi Isroildan bo‘lgan taklifni qabul qilmagan. Boburning maqsadi Evropaning kuchliroq ligalarida o‘zini ko‘rsatish bo‘lib qolmoqda.
Unga yil davomida Polsha, Turkiya, Shotlandiya, Rossiya klublaridan qiziqish bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Endi hamyurtimiz o‘ziga mos jamoa topish uchun takliflarni jiddiy o‘rganib chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Bobur Abduxoliqov uchun 2022 yilgi mavsum faoliyati davomidagi eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Belarus oliy ligasida to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan legionerimiz bir mavsumda beshta rekordni qayd etdi.
Abduxoliqov beshta rekorddan ikkitasini takrorladi, uchta ko‘rsatkichi yangi natija sifatida qayd etildi.
“Energetik-BGU” tarkibida Bobur olti marotaba dubl qayd etdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Andrey Xlebosolovning 1996 yildagi va Maksim Skavishning 2020 yildagi rekordlarini takrorlab, bu natijani qayd etgan uchinchi futbolchi bo‘ldi.
Bundan tashqari, Abduxoliqov mavsum davomida o‘nta uchrashuvda g‘alaba to‘pini kiritib, Roman Vasilyukning yigirma ikki yil avval o‘rnatilgan rekordini takrorladi.
Boburning yangi rekordi chempionatning safar uchrashuvlarida gol urish bo‘yicha qayd etildi. Hamyurtimiz mezbonlar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qilgan.
Shuningdek, hujumchimiz 26 ta gol bilan Belarus chempionatida bir mavsumda eng ko‘p to‘p kiritgan xorijlik futbolchiga aylandi.
Nihoyat, beshinchi rekord Abduxoliqovni gol+pas tizimi bo‘yicha eng ko‘p – 32 ochko (16 ta gol + 6 ta assist) jamg‘argan legionerga aylantirdi.
Bir so‘z, bilan aytganda “Nasaf” tarbiyalanuvchisi uchun mavsum juda omadli yakunlandi. Shu tariqa, Abduxoliqov bir yarim yil muqaddam Ukraina qilgan safari va u erdagi muvaffaqiyatsiz davri shunchaki tasodif ekanini isbotlay oldi.

Mohir to‘purar Belarus chempionatidagi o‘yinlari orqali yana O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaytarilgani uning eng katta yutug‘i ekani shubhasiz.
O‘zbekiston terma jamoasini engishga majbur emasmiz!
Corriere dello Sport: Mourino Shomurodov “Roma”ga kelishini bilmagan!
"Roma"ni qutqargan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!
Fikrlar