Besh yulduz Manchesterdan ketishga qaror qildi

  • 05.07.2025 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan “Manchester Yunayted” tarkibi jiddiy o‘zgarishlar yuz tutmoqda. Bosh murabbiy Ruben Amorim o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilar o‘rniga yangi ijrochilarni olib kelishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Amorim kelganidan keyin tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan bir qator yulduzlar yozgi transferlar davrida o‘ziga yangi jamoa topishga harakat qilyapti.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, birdaniga taniqli besh o‘yinchi klub rahbariyatiga murojaat qilib, “Manchester Yunayted”ni tark etishga tayyor ekanini bildirgan.

Xususan, Markus Reshford, Antoni, Alexandro Garnacho, Tirell Malasiya va Jeydon Sancho faoliyatida o‘zgarish yasashga qaror qilgan.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati ketmoqchi bo‘layotgan o‘yinchilarning jamoa ixtiyoriga qaytish sanasini iyul oyining oxirigacha uzaytirib berdi. Bu ular o‘zlariga yangi jamoa topishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida amalga oshirilgan ish ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!