"Beshiktosh" "Liverpul" hujumchisiga qiziqmoqda

  • 07.09.2025 18:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Insayder Fabritsio Romano tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning "Beshiktosh" klubi hozirda "Liverpul" hujumchisi Federiko Kezaning holatini o‘rganib chiqdi. Biroq, ayni paytgacha muzokaralarda sezilarli ilgarilash kuzatilmadi.

Ma’lum qilinishicha, "Liverpul" Kezani ijaraga qo‘yish niyatida emas. Shu bilan birga, "Beshiktosh" futbolchining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan o‘yinchi uchun mablag‘ sarflashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada transfer oynasi 11 sentyabr kuni yopiladi.

Federiko Keza 2024 yil avgust oyida "Yuventus"dan "Liverpul"ga o‘tgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!