"Beton" darvozabon ekan! Unay Simon misli ko‘rilmagan rekord o‘rnatdi
Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unay Simon 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Portugaliyaga qarshi uchrashuvda (1:0) o‘z darvozasi daxlsizligi saqlab qoldi.
Shu tariqa, tajribali golkiper futbol tarixida hali hech kimga nasib etmagan rekord o‘rnatdi.
Sportstar nashrining ijtimoiy tarmoqda xabar berishicha, Simon jahon chempionatlari tarixida ketma-ket olti o‘yinda gol o‘tkazmagan ilk darvozabonga aylandi. Ilgarigi rekord 1990 yilgi jahon chempionatida beshta o‘yinni «quruq» yakunlagan italyalik mashhur posbon Valter Dzengaga tegishli edi.
Unay Simon Ispaniya terma jamoasi safida jami 63 ta o‘yin o‘tkazgan. Shu vaqt ichida u o‘z darvozasidan 48 ta to‘p o‘tkazgan, 29 ta bahsni «quruq» yakunlagan.

Fikrlar