Beyl Uelsning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi (FOTO)
Madridning “Real” klubi vingeri Garet Beyl Uelsning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Beyl Professional futbolchilar assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada hammadan ko‘p ovoz to‘pladi.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “Real” bilan birga qatorasiga 3-marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Ma’lumot uchun, Garet Beyl joriy mavsum “qirollik klubi” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar