Beyl yubiley uchrashuvini o‘tkazdi (Video)
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl La Liganing 28-turida "Eybar" (3:1) ga qarshi kechgan bahsda zahiradan maydonga tushirildi.
Ushbu uchashuv 30 yoshli futbolchi uchun madridliklar safidagi 250-o‘yin bo‘ldi.
Madrid klubining prezidenti Florentino Peres uelslik futbochiga esdalik uchun mahsus libos sovg‘a qildi.
Yodingizda bo‘lsa, Beyl 2013 yili ""Tottenxem"dan "Real"ga ko‘chib o‘tgan edi. U 7 yil ichida 4 karra EChL g‘olibiga aylandi va 2017 yili Ispaniya chempionatida zafar quchdi.
Fikrlar