
Beylning agenti: Uning pullari butun umrga etadi
"Tottenxem" hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining Londondagi holati haqida gapirib o‘tdi.
“Uning faoliyati yakuniga etib bormoqda. Mourinoga esa nega Beylni maydonga tushirmayotgani haqida savol berish kerak.
Beyl xorijda qolgan barcha Britaniya futbolchilariga nisbatan ko‘proq sovrinlar yutdi. Uning moliyaviy imkoniyati joyida. Uning pullari butun umrga etadi”, - dedi agent.
Eslatib o‘tamiz, Beylning transfer huquqi “Real”ga tegishli. U “Tottenxem” safida ijarada to‘p surmoqda. Garet joriy mavsum APLda bor yo‘g‘i 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar