
Biatlon bo‘yicha Frantsiya terma jamoasining Olimpiadaga boradigan tarkibi aniq
Biatlon bo‘yicha Frantsiya terma jamoasi murabbiylar shtabi Pxyonchxan Olimpiadasida ishtirok etuvchi sportchilar tarkibini e’lon qildi. Ro‘yxatda frantsuzlarning ayni damdagi eng kuchli tarkibini ko‘rishimiz mumkin. Tabiiyki, Marten Furkad ushbu ro‘yxatda birinchilardan bo‘lib turibdi. To‘liq tarkib bilan tanishing:
Erkaklar
Simon Deste
Kenten Filon-Maye
Marten Furkad
Simon Furkad
Emilen Jakelen
Antonin Gigonna
Ayollar
Seliya Emone
Anais Beskon
Jyustin Brezaz
Anais Shevale
Jyuliya Simon
Mari Doren Aber
Eslatib o‘tamiz, Olimpiya o‘yinlari 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar