Bilasizmi? So‘rovnomada Ronaldu Modrichga ovoz bergan, Messi esa Suaresga

  • 24 oktabr, 2017, 11:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha London shahrida FIFA laureatlari nomi e’lon qilindi va unda 43,19% ovoz to‘plagan Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ketma-ket 2-marta yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Lionel Messi esa 19,25% ovoz olib, 2-o‘rinda qolib ketdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha FIFA so‘rovnomasida ishtirok etgan 32 yoshli portugaliyalik futbolchi yilning eng yaxshi futbolchisi deb jamoadoshi Luka Modrichni tanlagan. Kuchli uchlikka esa yana bir “Real” a’zolari – Serxio Ramos hamda Marselolarni kiritgan.

O‘z navbatida Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bu borada eng yaxshi deb jamoadoshi Luis Suaresni belgilagan. Kuchli uchlikka esa Andreas Inesta hamda Neymarlarni kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!