
Bilasizmi? "Spartak" o‘z darvozasidan 5ta to‘p olib chiqqan Rossiyadagi birinchi amaldagi chempion
Avval xabar berganimizdek kecha Rossiya premer-ligasining 4-turida mavsumning markaziy uchrashuvlaridan birida “Zenit” va “Spartak” klublari o‘zaro kuch sinashishdi. “Sankt-Peterburg Arena”da bo‘lib o‘tgan gollarga boy uchrashuv maydon egalarining 5:1 hisobidagi yirik mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
E’tiborlisi, Moskvaning “Spartak” klubi Rossiya chempionati tarixida o‘z darvozasidan 5ta to‘p o‘tkazib yuborgan amaldagi chempioni sifatida tarixga kirdi.
Ta’kidlash kerakki, Moskvaning boshqa bir jamoasi TsSKA 1992 yil “Okean” klubiga 2:5 hisobida yutqazib qo‘ygan edi. Biroq, “Armiyachilar” o‘shanda Rossiya emas, balki sobiq SSSR chempioni sifatida ishtirok etishgan.
Fikrlar