Bild: Xakimi "Real"ga qaytmaydi

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Borussiya Dortmund"da ijarada to‘p surayotgan Ashraf Xakimi xizmatlaridan foydalanmoqchi emas.

Frantsiyalik mutaxassis o‘ng qanot himoyasida Daniel Karvaxaldan foydalanishda davom etishni rejalashtirmoqda.

O‘z navbatida "asalarilar" Zidannig ushbu qaroridan foydalangan holda marokashlik futbolchining ijara shartnomasini qayta imzolashga urinib ko‘rishmoqchi.

Joriy mavsumda Xakimi Germaniya chempionatida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol kiritishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!