Asosiy mazmunga oʻtish

"Billie Jean King Cup". O‘zbekistonlik tennischilar dastlabki ikki o‘yinda g‘alaba qozondi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Jamoamiz Shri Lanka bilan turnir jadvalida qo‘shhokimlik qilmoqda.

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida tennis bo‘yicha "Billie Jean King Cup" turniri ikkinchi guruhi Osiyo/Okeaniya mintaqasi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, unda Oqgul Omonmurodova sardorligidagi O‘zbekiston ayollar jamoasi ham ishtirok etmoqda. Vakilalarimiz dastlab Guam, so‘ngra Bruney ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, jamoamiz Shri Lanka bilan turnir jadvalida qo‘shhokimlik qilmoqda. Kvartet g‘olibi tomonlarning o‘zaro o‘yini orqali aniqlanadi.

billie jean cup group

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q