Bir hafta ichida Pochettino haqida qaror o‘zgardi
Maurisio Pochettino keyingi mavsumda ham "Chelsi"da qoladi.
London klubi kelasi hafta murabbiy bo‘yicha bir qarorga keladi. "The Guardian" nashrining yozishicha, Pochettino rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Klubdagilar Maurisioni jamoada olib qolish eng oqilona qaror, deb hisoblaydi. Faqatgina kengashning ba’zi a’zolari argentinalik bilan ishlashni davom ettirishga ishonchlari komil emas.
Qayd etilishicha, bir necha hafta avval Pochettinoning ketishi ehtimoli baland bo‘lgan. Biroq oxirgi uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar klubdagilarning fikrini o‘zgartirdi.
Ayni vaqtda "Chelsi" APL turnir jadvalida 37 turdan so‘ng 60 ochko bilan 6-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar