Bir hujumchini olti klub talashyapti

  • 2 dekabr, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TeamTalk nashri “Ayaks” hujumchisi Chuba Akpomga Angliyaning oltita jamoasi jiddiy qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.

Amsterdamliklar “Arsenal” tarbiyalagan futbolchini o‘tgan yoz “Mildsbro”dan 14,3 million evroga transfer qilgan edi.

28 yoshli futbolchi Niderlandiya chempionatida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi.

Ayni paytda  APL debyutantlaridan “Bernli”, “Luton”, “Sheffild Yunayted”, shuningdek, “Everton”, “Kristal Pelas” va “Fulxem” Akpomni yana Angliyaga qaytarishni rejalashtiryapti.

“Ayaks” rahbariyati o‘yinchini bir necha oy muqaddam transfer qilganiga qaramay, yaxshi taklif bo‘lsa, angliyalik hujumchining ketishiga qarshilik qilmasligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!