
Bir imzo bilan Grilish badavlat futbolchiga aylanadi
Angliya futboli muxlislarining e’tibori “Manchester Siti” va “Aston Villa” o‘rtasidagi transferga qaratilgan.
Birmingemliklar “shaharliklar”ning Jek Grilish uchun 100 million funtlik taklifini rad eta olmadi va transferga rozilik berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Xosep Gvardiola jamoasi 25 yoshli yarim himoyachi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Unga ko‘ra, angliyalik yarim himoyachi yiliga 13 million evro maosh oladi.
Bu “Manchester Siti”dagi uchinchi katta maosh hisoblanadi. Jamoada faqatgina Kevin De Bryuyne va Rahim Sterling yangi o‘yinchidan ko‘p pul oladi xolos.
“Aston Villa” esa, o‘z etakchisiga yiliga olti million evro miqdorida maosh berib kelgan.
Fikrlar