Bir kun hammasini hal qildi! Xoland ham Messining rekordini o‘chirdi

  • 15.10.2026 08:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Evropa Chempionlar ligasida yana bir tarixiy ko‘rsatkichga erishdi.

Norvegiyalik forvard «PSJ» darvozasiga ikki gol urdi. Shuning o‘ziga qaramay, «shaharliklar» o‘z maydonida mag‘lubiyatdan qocha olishmadi – 2:4 hisobi qayd etildi. UEFA ma’lumotiga ko‘ra, Xoland 26 yosh 85 kunlik paytida Chempionlar ligasida 60 ta gol chegarasini birinchi bo‘lib bunday yoshda zabt etgan futbolchiga aylandi. Shu tariqa u avvalgi rekordchi Lionel Messi ko‘rsatkichini bir kunga yangiladi: argentinalik yulduz «Barselona» safida turnirdagi 60-goliga erishganida 26 yosh 86 kunlik edi.

Hozirgi paytda Erling Xoland Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallab turibdi – uning hisobida 60 o‘yinda 61 ta gol bor. Lionel Messi esa 163 bellashuvda urilgan 129 ta gol bilan umumiy reytingda ikkinchi pog‘onada qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!