
Bir shisha vino va 2 ta "Real" libosi. Pochettino va Mourino o‘rtasida nima bo‘lgan edi?
"Tottenxem" klubi Maurisio Pochettino "shporlar"ning hozirgi ustozi Joze Mourino bilan yuz bergan ajoyib hodisa haqida gapirib berdi.
Bu voqea 2012 yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda Pochettino "Espanol"ni, Mourino esa "Real"ni boshqarardi.
“Espanol”ning “Real”ga qarshi o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida men farzandlarim tunda “Espanol” libosida uxlashini va shuning uchun ham boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylash menga qiyin ekanini aytganman.
Stadionga kelganimda, Joze menga bir shisha vino va 2 ta “Real” libosi solingan sumka bergan edi. Shundan buyon o‘rtamizda iliq munosabat mavjud”, - deydi Pochettino.
Fikrlar