
Birinchi liga-2017 to‘purarlari ro‘yxati
O‘zbekiston birinchiligida munosib qatnashib kelayotgan “Mash’al-2” birinchichilikda har qanday jamoadan ochko tortib olmoqda. Boisi bir qator iqtidorli yosh futbolchilar bugungi kunda muborakliklar safida to‘p tepishmoqda. Muni Yusupov, Sunnatillo Rustamov, Muhammad Toshpo‘latov va yana shu kabi bir qancha umidli yoshlar ayni damda “Mash’al-2” safida yorqin o‘yin namoyish etib kelmoqdalar. Shular qatorida O‘zbekiston birinchiligida to‘purarlar ro‘yxatini boshqarayotgan Shahzodbek Ubaydullaevdir. U hozirda har bir bahsda kamida bitta gol kiritishga erishmoqda. Uning hisobidagi kiritgan gollar soni 25 taga etdi.
«Mash’al-2» turnir jadvalida 8-pog‘onani egallab turibdi. O‘tkazilgan 31 bahsning 14tasida g‘alaba, 11tasida mag‘lubiyat va yana 6ta uchrashuv raqiblari bilan durang qayt etishdi. Hozirda jamoa 48 ochko to‘plagan bo‘lib to‘plar farqi esa 52-45.
Fikrlar