Birinchi liga. "N

CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Birinchiligi 8-tur uchrashuvida “Nasaf-2” jamoamiz Yozyovonning “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Tecno

Uchrashuv qiziqarli va murosasiz tarzda kechdi. Dastlabki daqiqalardan maydonda tashabbusni o‘z qo‘liga olgan futbolchilarimiz raqib darvozasi oldida ketma-ket xavfli vaziyatlarni vujudga keltirishdi. Ammo o‘yinchilarimizda darvozani ishg‘ol qilishda sovuqqonlik etishmadi. Hisob o‘zgarmasdan qolaverdi.

“Yozyovon-Lochinlari” jamoasi katta bosim ostida qolgani bois, xatoga yo‘l qo‘yishdi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Maqsadbek Ibragimov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi – 1:0.

Bu goldan ruhlangan jamoamiz futbolchilari yana hujumlarga zo‘r berishdi. Mehmonlar butun jamoa bo‘lib himoyalanishga majbur bo‘lishdi. Imkon bo‘lganda ular qarshi hujumlar tashkil qilishdi. Shunday davom etgan uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalarga boshqa gollar kiritilmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Uchrashuvning 73-daqiqasida mehmonlar vakili Islomjon Nazirov hisobni tenglashtirishga erishdi – 1:1.

G‘alaba uchun katta ishtiyoq bilan maydonga tushgan futbolchilarimiz bu hisobdan tushkunlikka tushishmadi. Aksincha katta kuch  bilan oldinga tashlanishdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalari juda hayajonli kechdi. Uchrashuvda to‘xtalishlar ham, ogohlantirishlar ham bo‘ldi.

Uchrashuv hakami o‘yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shib berdi. Bu daqiqalarda o‘yin asosan mehmonlar darvozasi oldida kechdi. O‘yinning so‘nggi soniyasida Samandar Shukrullaev o‘zini ko‘rsatdi. Jarima maydoni yaqinida to‘pni qabul qilib olgan ushbu o‘yinchimiz biroz oldinga borib, o‘tkir burchakdan darvozaga zarba yo‘lladi. Bu zarbani darvozabon Jasurbek Abdullaev qaytara olmadi – 2:1.  

Shunday qilib, Nurali Sultonov shogirdlari bo‘lmish “Nasaf-2” jamoamiz bu turda muvaffaqiyatga erishdi va o‘z hisobiga qimmatli uch ochkoni yozdirib qo‘ydi.

Jamoamiz navbatdagi 9-tur uchrashuvini safarda Nukusning “Orol” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 11 may kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Birinchiligi, 8-tur

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Yozyovon Lochinlari” (Yozyovon) 2:1 (1:0)

04.05.2017. “Nasaf” FM maydoni. 17:00da

 

Bosh hakam: Igor Gormashev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Shavkatjon Fayziev (Jizzax), Feruz Dostonov (Jizzax)-1t

Zaxira hakami:   Firdavs Norsafarov (Qarshi)

Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent)

 

Gol: Maqsadbek Ibragimov (avtogol), 24’-1:0, Samandar Shukrullaev, 90+3’-2:1 – Iclomjon Nazirov, 73’-1:1

 

“Nasaf-2”: 25.Abduvohid Ne’matov, 5.Otabek Komiljonov, 8.Shoxmalik Komilov (33.Alpomish Mirov 70), 10.Sardorjon Abduxoliqov (19.Amir Xoshimov 64), 16.Navro‘zjon Izatillaev, 17.Dostonbek Berdiqulov, 22.Elbek Otaqulov, 27.Sardorbek To‘raev (24.Orifjon Murodov 65), 28.Oybek Bozorov, 34.Ilhomjon Alijonov (s), 42.Samandar Shukrullaev.

Zaxira: 30.Amirbek Lutfullaev, 9.Jamshid Abdullaev, 18.Sa’ddam To‘xtaev, 20.Farrux Absalomov.

 

“Yozyovon Lochinlari”: 12.Jasurbek Abdullaev, 2.Azamjon Xolmatov, 4.Ulug‘bek Olimov, 6.Umidjon Xoshimov (77.Sadorbek Axmadaliev 58), 7.Zoxidjon Ismoilov (9.Islomjon Nazirov 67), 10.Shaxboz Abduraxmonov, 11.Bekzod Maxpirimov (s) (70.Atxam Axmadjonov 75), 16.Maqsadbek Ibragimov (8.Bunyod Abdumannonov 32), 17.Jahongir Dadaboev, 18.Yoqubjon Eraliev, 20.Otabek Maxammadjonov. 

Zaxira: 1.Baxodirjon Yigitaliev, 14.Davronbek Xolmatov, 19.Shamil Ma’murjonov.

 

Ogohlantirish: Oybek Bozorov 70, Otabek Komiljonov 87, Navro‘z Izatillaev 89.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!