Birorta ham o‘yin o‘tkazmagan darvozabon yana "Real"ga qaytishi mumkin

  • 13 aprel, 2020, 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madridning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin yana jamoaga qaytishi mumkin. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, agar  PSJdan ijaraga olingan posbon Alfons Areola jamoadan ketsa, aynan Lunin asosiy darvozabon Tibo Kurtuaga o‘rindosh bo‘lishi mumkin.

21 yoshli Lunin mavsumni “Valyadolid”da ijarada o‘tkazmoqda. Ammo, birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Uning “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!