Bitta klubdan koronavirus chiqdi. Bu esa chempionatning muddatidan avval yakunlanishi uchun etarli bo‘ldi

  • 25.07.2020 09:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Futbol bo‘yicha Chexiya chempionati koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlandi. Bu haqda chempionat rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Aytish kerakki, mavsum 2 may kuni qayta tiklangan edi. Ammo, “Opava” klubi futbolchilari orasida Covid-19 bilan bog‘liq holatlar aniqlangani sabab chempionatning barcha jamoalar karantinga olingan.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Slaviya” mamlakat chempioni deb tan olingan. Bundan tashqari joriy mavsum hech bir jamoa quyi ligaga tushirib yuborilmaydi va yangi mavsumda 18 ta jamoa ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!