Bitta uchrashuv uchun 33,000 kilometr masofa bosib o‘tishi kerak

  • 15 noyabr, 2023, 09:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning “Tonvil” jamoasi mamlakat kubogining 1/128 final uchrashuvini o‘tkazish uchun 33 ming kilometrdan ko‘proq masofa bosib o‘tishi kerak bo‘ladi.

Tecno

Bu jamoaga raqiblik qiladigan “Iangen” uy uchrashuvlarini Yangi Kaledoniyadagi stadionda qabul qiladi. Bu orol Tinch okeanida Yangi Zelandiya va Avstraliya o‘rtasida joylashgan va Frantsiyaga tegishli hudud hisoblanadi.

Har ikki jamoa joylashgan shaharlar o‘rtasidagi masofa bir tomongan 16 ming kilometrdan ko‘proqni tashkil qiladi va samolyotda bir tomonga parvoz qilish 20 soatga yaqin vaqt oladi.

Endi “Tonvil” futbolchilari o‘yinga borib-kelish uchun ikki kun vaqtini samolyotda o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

Uchrashuv 18 noyabrga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!