
Biz birgina Lukaku uchun o‘ynamaymiz!
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel yaqinda Romelu Lukakuning o‘yini tanqid qilgandi. 97,5 million funtga olingan yulduz o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmayapti va jamoaga deyarli foyda keltirayotgani yo‘q.
Tomas Texel jamoa o‘yin uslubini Lukakuga moslashtirmasligini ta’kidladi.
- Biz Lukakuga yordam berish uchun qo‘limizdan kelganini qilyapmiz. Lekin o‘yin taktikasini Romeluga moslashtirmayman. Biz bir o‘yinchiga bog‘lanib qolmaymiz.
Biz uning muhim o‘yinchiga aylanishini istaymiz. Futbol jamoaviy o‘yin va 10 nafar futbolchi bitta hujumchiga vaziyat yaratish bilan shug‘ullanmaydi. “Chelsi”ning yagona printsipi har bir ijrochi jamoaga xizmat qilishidan iborat va bu hech qachon o‘zgarmaydi, - dedi Tomas Tuxel.
Fikrlar