
Biz Eronni nechta rasmiy uchrashuvdan buyon mag‘lub eta olmayotganimizni bilasizmi?
Xabaringiz bor, Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoamiz "CAFA Nations Cup-2025" turnirining final uchrashuvida Eronga qarshi bellashuvda maydonga tushadi.
Ma’lumot o‘rnida, hamyurtlarimiz so‘nggi bor rasmiy uchrashuvlarda forslarni 2012 yil 14 noyabr kuni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etgan.
Ushbu to‘qnashuvdan keyingi rasmiy 6 ta o‘yinning 4 tasida durang qayd etildi. 4 ta durang ham so‘nggi bahslarda ro‘y bergan. Ya’ni vakillarimiz 4 ta uchrashuvdan buyon Eronga mag‘lub bo‘lmay kelmoqda.
Eron 2:2 O‘zbekiston
O‘zbekiston 0:0 Eron
Eron 0:0 O‘zbekiston
O‘zbekiston 2:2 Eron
Eron 2:0 O‘zbekiston
O‘zbekiston 0:1 Eron
Eslatib o‘tamiz, bugun bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yin Toshkent vaqti bilan 19:30’da start oladi.
Fikrlar