Bizda Ronalduga joy yo‘q!

  • 08.12.2022 15:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy uning klubi jamoasiz yurgan Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- Tarkibimizda Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymar borligini inobatga olib, Krishtianu Ronalduni safimizga qo‘shishda hech qanday mantiq ko‘rmayapman. Shunga qaramay, unga omad tilab qolaman,  - dedi Nasser Al-Xelaifiy Sky News nashriga.

Krishtianu Ronaldu shov-shuvli intervyusidan keyin “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomani bekor qilishga majbur bo‘ldi.

“Manchester Yunayted”da ikki marotaba to‘p tepgan 37 yoshli yulduz jami 346 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 145 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!