Bizga bunaqa hujumchi kerak emas

  • 27.06.2024 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” rahbariyati mashhur hujumchi Moyze Kindan voz kechishga qaror qildi. Turinliklar uni “Fiorentina”ga transfer qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Mavsumni uchinchi pog‘onada yakunlagan “Yuventus” chempionatning 38 ta uchrashuvida jami 54 ta gol urdi. Bu A Seriya klublari o‘rtasida to‘qqizinchi ko‘rsatkich.

Moyze Kin mavsum davomida 19 marotaba maydonga tushib, birorta marotaba raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Shu bois, klub Kin o‘rniga ko‘p gol ura oladigan forvard qidirmoqda. Turinliklar nishonida “Atletiko”dan Alvaro Morata va “Bolonya”ning eng yaxshi to‘purari Joshua Zirkzee turibdi.

Moyze Kinning o‘zi ham muhitni o‘zgartirish maqsadida “Fiorentina”ga o‘tishga rozilik bergan. Bu transfer 12 million evro evaziga amalga oshirilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!