Bizga oʻt, juda katta maosh olasan!

  • 01.04.2026 15:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistoni Professional ligasining nomi ochiqlanmagan klubi Italiya ning “Napoli” jamoasi yarim himoyachisi Skott Maktomin eyga juda katta maoshli shartnoma taklif qildi.

Bu haqida jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Insayder ma’lumotiga ko‘ra, Italiya klubi yarim himoyachisi bu taklifni rad etgan. Shotlandiyalik futbolchi amaldagi jamoasi bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Skott Maktomin ey barcha musobaqalarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati bugungi kunda 45 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!