Bizga Xoland kerakmas!

  • 12.01.2022 08:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni olish fikridan voz kechdi.

Aslida manchesterliklarning norvegiyalik hujumchiga qiziqishi ancha avval, u “Zaltsburg” jamoasida o‘ynab yurgan paytdan boshlangan. Ular bu o‘yinchini shu paytgacha kuzatishdan to‘xtamadi.Hozir vaziyat o‘zgargan.

“Manchester Yunayted” mutasaddilarining fikricha, Erling Xoland yozda o‘zi o‘tadigan jamoani tanlab bo‘lgan. Bu “Real”.  O‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan hujumchi uchun kurashishda hech qanday mantiq yo‘q va e’tiborni boshqa futbolchilarga qaratish eng to‘g‘ri variant.

“Manchester Yunayted” anchadan beri ko‘p gol ura oladigan to‘purar hujumchi qidirmoqda. Skautlar endi yangi nomzodlarni topishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
12/01/2022 09:29
Urugvay chempionatidagi hujumchi nima bo‘ldi ekan
&
Eldor95
10/01/2022 14:23
Ronalduni almashtirish kerak.Xollandga