Bizniklarni Turkiyada ham to‘xtata olishmayapti!

  • 06.04.2026 22:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

29 martdan 5 aprelgacha Turkiyaning Istanbul shahri 34 xalqaro "Ahmet Kümart Bosfor" xotirasiga bagʻishlangan turnirga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz aʼzolari ham ishtirok etdilar. 5 nafar bokschi bilan finalga yetib kelgan vakillarimiz, yakunda magʻlubiyatsiz odimlab barchasi oltinni naqd qilishdi. Ushbu natija esa, umumjamoa hisobida birinchilikni taʼminladi. Bu xalqaro turnirda ham yetakchiligimizni koʻrsatib qoʻydik.

Gʻoliblarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-65 kg. Ilhomjon Ergashev
-48 kg. Robiyahon Baxtiyorova
-54 kg. Uzukjamol Yunusova
-60 kg. Sitora Turdibekova
+80 kg. Sobirahon Shoxobiddinova

Murabbiylar: Shahzoda Umarova, Farrux Jўraev, Bahodir Nuruddinov, Anvar Karabekov.

Musobaqada Valixan Anashev hakam sifatida faoliyat olib bordi. Bu haqida Oʻzbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!