
BKK Kickboxing Championship promousheni navbatdagi turnirini O‘zbekistonda o‘tkazishi mumkin!
8 oktyabr kuni BAAning Dubay shahrida professional kikboksing kechasi tashkil etiladi. Ya’ni, BKK Kickboxing Championship turniri bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik Mavlud Tifiev ham ringga ko‘tariladi. U muaytay, K-1, kikboksing olamida anchagina mashxur bo‘lgan ruminiyalik Kiristian Mileaga qarshi jang qiladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Milea Ruminiyaning TOP sportchilarni sarasiga kiradi.
U professional muaytay, K-1 va kikboksing bo‘yicha 100 dan ortiq janglarda ishtirok etgan va aksariyatida g‘alaba qozongan.
Yana bir e’tiborga molik jihati, BKK Kickboxing Championship promousheni navbatdagi kechasini O‘zbekistonda o‘tkazadi.
Fikrlar