Blits bo‘yicha jahon chempionati: 1-kundan so‘ng Nodirbek Abdusattorov top-10da, Umida Omonova kuchli uchlikda!

  • 29.12.2025 23:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat

Xabaringiz bor, bugundan boshlab Blitz bo‘yicha Jahon chempionati ham start oldi va shaxmatchilar 13 ta tur o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
1-kundan so‘ng turnir jadvalida Arjun Erigaisi 10 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Maksim Vacher va Fabiano Karuana ham 10 ochko to‘plagan holda, kuchli uchlikda borishmoqda. Ushbu turnirda hamyurtlarimiz ham ishtirok etmoqda. Vakillarimizning 1-kundan keyingi turnir jadvalidagi holat bilan tanishing. 
 
1. Nodirbek Abdusattorov - 9 ochko (10-o‘rin) 
2. Javohir Sindarov - 8.5 ochko (25-o‘rin) 
3. Nodirbek Yakubboev - 7.5 ochko (80-o‘rin) 
4. Shamsiddin Vohidov - 6.5 ochko (121-o‘rin) 
5. Muhiddin Madaminov - 6.5 ochko (125-o‘rin) 
6. Muhammadzohid Suyarov - 6 ochko (152-o‘rin) 
7. Islombek Sindarov - 5.5 ochko (189-o‘rin) 
8. Jahongir Vohidov - 5.5 (195-o‘rin) 
9. Humoyun Begmuratov - 5 ochko (200-o‘rin) 
 
Ayollar erkaklardan farqli ravishda 10 ta tur o‘tkazishdi. Ushbu bahslardan so‘ng shaxmatchimiz Umida Omonova 8 ochko bilan uchlikda bormoqda. Vakilimizdan Eline 8.5, Aleksandra 8 ochko bilan oldinda bormoqda. 
 
Hamyurtlarimizning 10 ta turdan keyingi to‘plagan ochkolari hamda turnir jadvalidagi holati bilan tanishing: 
 
1. Umida Omonova - 8 ochko (3-o‘rin) 
2. Gulruhbegim Tohirjonova - 6 ochko (37-o‘rin) 
3. Madinabonu Halilova - 5.5 ochko (45-o‘rin) 
4. Afruza Hamdamova - 5.5 ochko (55-o‘rin) 
5. Guldona Karimova - 3.5 ochko (121-o‘rin) 
6. Nilufar Yakubboeva - 3 ochko (125-o‘rin)

Saralashning qolgan 6 tur bahslari hamda yarim final, final o‘yinlari ertaga bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!