Blits bo‘yicha jahon chempionati: 2-kundan so‘ng Javohir Sindarov 14-o‘rinda, Umida Omonova kuchli o‘nlikda turnirni yakunladi!

  • 30.12.2025 22:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat

Xabaringiz bor, bugun Blitz bo‘yicha Jahon chempionati 2-kun bahslar ham bo‘lib o‘tdi va shaxmatchilar 6 ta tur o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.  2-kundan so‘ng turnir jadvalida Arjun Erigaisi 15 ochko bilan peshqadamlikda yakunladi.  Fabiano Karuana 14 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu turnirda hamyurtlarimiz ham ishtirok etmoqda. Vakillarimizning 2-kundan keyingi turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.  

 1. Nodirbek Abdusattorov - 13 ochko (4-o‘rin) 
 2. Javohir Sindarov - 12.5 ochko (14-o‘rin) 
 3. Nodirbek Yakubboev - 11 ochko (65-o‘rin) 
 4. Muhammadzohid Suyarov - 10 ochko (101-o‘rin)
 5. Jahongir Vohidov - 10 (118-o‘rin)
 6. Muhiddin Madaminov - 9.5 ochko (125-o‘rin)
 7. Shamsiddin Vohidov - 9.5 ochko (129-o‘rin) 
 8. Humoyun Begmuratov - 9 ochko (153-o‘rin)  
 9. Islombek Sindarov - 8 ochko (194-o‘rin) 

  

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov ayni vaqtda Final bosqichida Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bormoqda. Hozirda hisob 1:1 ko‘rinishida.

  Ayollar erkaklardan farqli ravishda 5 ta tur o‘tkazishdi. Ushbu bahslardan so‘ng shaxmatchimiz Umida Omonova 10 ochko bilan turnirni sakkizinchi o‘rinda yakunladi.  Hamyurtlarimizning 10 ta turdan keyingi to‘plagan ochkolari hamda turnir jadvalidagi holati bilan tanishing:    

1. Umida Omonova - 10 ochko (8-o‘rin)  
2. Gulruhbegim Tohirjonova - 8.5 ochko (44-o‘rin) 
3. Afruza Hamdamova - 8 ochko (55-o‘rin)  
4. Madinabonu Halilova - 6.5 ochko (95-o‘rin) 
5. Nilufar Yakubboeva - 6.5 ochko (103-o‘rin)
6. Guldona Karimova - 5.5 ochko (123-o‘rin)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!