
Bob Arum Lomachenko – Devis jangi qachon bo‘lishi mumkinligini aytdi
Vasiliy Lomachenko(18-3, 12 KO)ning promouteri Bob Arum ukrainalik va WBA kamari sohibi Jervonta Devis(30-0, 28 KO) o‘rtasidagi jang qachon bo‘lishi mumkinligini aytdi.
"Umid qilamanki, biz bu jangni noyabr oyida o‘tkazamiz. Xozircha hech kim hech kimni muzokaraga tortmayapti. Ikkala jamoa ham bu katta kurash ekanligini tushunishadi. Ammo men optimistman va muzokaralar yaxshi o‘tishiga ishonaman. Boshqa tomondan, hech kim hech qachon biror narsaga kafolat bera olmaydi”, – dedi Arum You Tube dagi Boxing News kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar