Bobur Omonov Jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi!

CHERY AUTO

Hindistonning Nyu-Deli shahrida davom etayotgan para engil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Erkaklar o‘rtasida F41 toifasida o‘tkazilgan yadro uloqtirish bellashuvlarida ikki hamyurtimiz — Bobur Omonov hamda Boburjon Isomiddinov ishtirok etdi. Yakunda 24 yoshli Bobur Omonov 12.36 m natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritib, sovrindorlar qatoridan joy oldi. Isomiddinov esa 9.79 m natija orqali shaxsiy rekordini yangiladi.

Erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish dasturi (F41):
Niko Kappel (Germaniya) - 13.34
Bobur Omonov (O‘zbekiston) - 12.36
Ayal Sivtsev (Neytral maqomdagi sportchi) - 11.98

Endilikda Omonov hisobida Jahon chempionatlarining 4 ta medali bor: 2 ta oltin va 2 ta kumush.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!