Boburjon Omonov – Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni!

  • 30 avgust, 2021, 06:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Kunni xushxabar bilan boshlaymiz! Hozirgina para engil atletikaning erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslari o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Quvonarlisi, hamyurtimiz Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Boburjon 13.89 metr natija qayd etdi.

Ta’kidlash kerakki, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. Boburjon BAAda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 14.31 metr natija qayd etgan holda rekord o‘rnatgan edi.

Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 13 taga etdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!