Bogdan Przhebelskiy: "Shohasan, sekundantlaringga ayt, sen uchun kislorod ballonini tayyorlab qo'ysin"
Taniqli MMA ustasi, hamyurtimiz Shohasan Mirzamatovning bo‘lajak raqibi Bogdan Pshebelskiy o‘zaro jang oldidan Instagram tarmog‘iga post joyladi.
“Rostini aytsam, sen o‘zingni juda katta olasan, lekin men bunga unchalik e’tibor bermayman. Umuman olganda, meni engaman deb o‘ylaysanmi? Ishonchim komil, kamar faqat orzuying bo‘lib qoladi. O‘ylashimcha, sen meni jiddiy qabul qilmayapsan. Shu uchun seni birinchi raunddayoq nokaut qilishni rejalashtiryapman. Sekundantlaringga ayt, kislorod ballonini tayyorlab qo‘ysin, chunki sen uchun "bu suv chuqurlik qiladi". 2 aprel kuni ko‘rishamiz. Qozog‘iston, olg‘a!” - deb yozgan Bogdan.
Eslatib o‘tamiz, Shohasan Mirzamatov va Pshebelskiy 2 aprel kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida yarim o‘rta vaznda Octagon liga chempionlik kamari uchun jang qiladi.
Fikrlar