Boks afsonasi yana ringga qaytishi mumkin

  • 3 dekabr, 2024, 16:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Qo‘lqoplarini mixga ilgan sobiq jahon chempioni Menni Pakyao yana ringga qaytishi mumkin. Bu haqda uning menejeri Shon Gibbons ma’lum qildi.

Tecno

"Menni fevraldan maygacha Senat saylovlarida qatnashadi. Agar u jang o‘tkazishga tayyor bo‘lsa, buni 31 yanvargacha amalga oshirishi mumkin. Avvalroq, Pakyaoga Mario  Barrios bilan to‘qnashuv zo‘r bo‘lishini aytdim va bokschining o‘zi ham bunga qarshilik bildirmadi. Biroq ba’zi sabablarga ko‘ra ushbu to‘qnashuv tashkil etilmadi. Ehtmiol bu qarama-qarshilik keyingi yil yoz oylarida o‘tkazilar...", - dedi menejer.

Ma’lumot uchun, Menni 2021 yildan beri ringga chiqmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!