
Boks bo‘yicha jahon chempionatida ikki vakilamiz o‘z jangini o‘tkazdi
Polshada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Bugun 12 nafar hamyurtimiz yarim finalga chiqish uchun ringga ko‘tariladi. Ularning ikkitasi o‘z janglarini yakunlab ulgurdi. Quvonarlisi, har ikkisi ham g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Jumladan, -54 kg vazn toifasida Nigina O‘ktamova tailandlik Noppaket Srisavas ustidan zafar quchgan bo‘lsa, -69 kg vaznda Hadichabonu Abdullaeva Finlyandiya vakilasi Evelina Taimini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan har ikkisini muborakbod etamiz!
Fikrlar