
Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
8-14 dekabr kunlari Toshkent shahrida boks bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida o‘rtadagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Poytaxtimizda "Yunusobod" sport majmuasi ushbu musobaqaga mezbonlik qiladi.
Chempionatda Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Lazizbek Mullojonov, Mirazizbek Mirzahalilov kabi mashhur charm qo‘lqop ustalari bahslarga kirishadi.
Qolaversa, Bahodir Jalolov va Saidjamshid Jafarov 11 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan IBA Pro Series turnirida jang o‘tkazadi. Jalolovga bahraynlik Danis Latipov raqiblik qilsa, Jafarov kubalik amaldagi jahon chempioni Yoenlis Ernandesga qarshi ringga ko‘tarilishi ma’lum qilindi.
Anjumanda Boks federatsiyasi bosh kotibi Mirshohid Tillaboev musobaqa shaffofligini ta’minlash maqsadida huddi o‘tgan yildigek 10 nafar xorijiy tajribali hakamlar ish olib borishini to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qolaversa, chempionat oldidan IBA'ning tajribali instruktori, etakchi supervayzer britaniyalik Endryu Koulfild tomonidan o‘zbekistonlik referilar uchun maxsus seminar tashkil etadi va ushbu seminar yakuniga ko‘ra, muvaffaqiyatli imtihon topshirgan referilar xalqaro toifadagi hakam maqomiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev mamlakat chempionatiga jarohat va sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar sababli Abdumalik Halokov, Ruslan Abdullaev va Madiyar Saidrahimovlar ishtirok eta olmayotganini bildirib o‘tdi.
Bellashuvlar 8 dekabr kuni "Yunusobod" sport majmuasida start oladi va bahslar Uzreport TV kanali orqali namoyish etiladi.
Fikrlar