
Boks. Bugun yana 4 nafar vakilimiz jahon chempionati medallari uchun ringga ko‘tariladi
Ispaniyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon chempionatida chorak final janglari davom etadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, bugun musobaqada terma jamoamiz tarkibidagi 4 nafar yosh charm qo‘lqop ustalari yarim final yo‘llanmasi uchun jang olib borishadi.
Juftliklar bilan tanishing:
Yigitlar:
-71 kg: Fazliddin Erkinboev – Sulton Osmanli (Turkiya)
-75 kg: Baxtiyor Asadov – Sulaymmon Samguli (Marokash)
-80 kg: Rahmatullo Boymatov – Mixail Samaladis (Gretsiya)
Qizlar:
-75 kg: Sahobat Husanova – Gabriella Kazar (Ekvador)
Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvlardan so‘ng 6 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar