Boks. Finalda jang qilmagan Elnur Abduraimov yana bir bor O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
Bugun boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
JUmladan, -64 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov (Toshkent viloyati) andijonlik Mujibillo Tursunovga (Andijon) qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo, Mujibillo Tursunovning jarohati sabab shifokorlar unga jang qilishga ruhsat berishmadi. Shu tariqa, Elnur Abduraimov O‘zbekiston chempioniga aylandi!
Fikrlar