Boks. Navbahor Hamidova germaniyalik raqibi ustidan irodali g‘alabaga erishdi, Rashida Tagirova esa...

  • 29.05.2024 18:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabar berganimizdek, bugun Tailandda o‘tayotgan jahon litsenzion turnirida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi.

Dastlab, -66 kg vazn toifasida Navbahor Hamidova germaniyalik Leonie Mullerni 3:2 hisobida taslim etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Afsuski, -60 kg vaznda bahslarga kirishgan bokschimiz Rashida Tagirova, o‘zining musobaqadagi ilk bahsini shvetsiyalik Agnes Aleksiussonga qarshi o‘tkazdi va yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Navbahor Hamidova uchinchi bosqich bahsini 31 may kuni o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!