Boks. Nokautchi Murodjon Ahmadaliev (56 kg) Osiyo chempioniga aylandi

  • 6 may, 2017, 16:55
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz hisobiga dastlabki oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Tecno

Biroz avval yakuniga etgan 56 kg bokschilar o‘rtasida jangda Murodjon Ahmadaliev xitoylik Jyavey Jangni ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub etdi va oltin medallarga sazozvor bo‘ldi.

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati | 56 kg vazn toifasi

Oltin medal sohibi – Murodjon Ahmadaliev (O‘zbekiston)

Kumush medal sohibi – Jyavey Jang (Xitoy)

Bronza medal sohibi – Yon Xun Xan (Janubiy Koreya)

Bronza medal sohibi – Kairat Eraliev (Qozog‘iston)

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).

SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.

SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!