Boks. Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. Erkaklar terma jamoamiz o‘z raqiblarini bilib oldi

  • 31 oktabr, 2022, 17:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hozirgina Iordaniyaning Amman shahri mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Quyida erkaklar o‘rtasida qu’ra tashlash natijalari bilan tanishib olishingiz mumkin:

-48 kg

Asilbek Jalilov (O‘zbekiston) - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston)

-51 kg

Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. Hamyurtimizga Tailand yoki Eron vakili raqiblik qiladi

-54 kg

Shahzod Muzaffarov (O‘zbekiston) - Zakir Husayn (Pokiston)

-57 kg

Abdumalik Xalakov (O‘zbekiston) - Suket Saravut (Tailand)

-60 kg

Adhamjon Muhiddinov (O‘zbekiston) - Paul Julifer Baskon (Filippin)

-63,5 kg

Ruslan Abdullaev (O‘zbekiston) - Kitamoto Shunsuke (Yaponiya)

-67 kg

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. Hamyurtimizning ilk raqibi Hindiston yoki Xitoy Taypeyi vakili bo‘ladi.

-71 kg

Xavasbek Asadullaev (O‘zbekiston) - Otgonbatar Byamba (Mo‘g‘uliston)

-75 kg

Saidjamshid Jafarov (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. Hamyurtimizning ilk raqibi Tojikiston yoki Suriya vakili bo‘ladi

-80 kg

Odiljon Aslonov (O‘zbekiston) - Jinxun Park (Janubiy Koreya)

-86 kg

Shohjahon Abdullaev (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. Hamyurtimiz Iordaniya yoki Turkmaniston vakiliga qarshi o‘tkazadi

-92 kg

Madiyar Saidrahimov (O‘zbekiston) ikkinchi bosqichdan boshlaydi. Hamyurtimiz ilk jangida Kambodja yoki Koreya vakiliga qarshi ringga ko‘tariladi

+92 kg

Lazizbek Mullojonov (O‘zbekiston) - Ali Alqrib (Quvayt)

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 13 nafar, ayollar terma jamoasi esa 10 nafar bokschi bilan musobaqada ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!