
Boks. P4P reytingida sezilarli o‘zgarish yuz berdi
P4P reytingi yangilandi. Unga ko‘ra, o‘tgan oy mazkur reytingda 8-o‘rinni egallab turgan Jervonta Devis TOP 10 talikdan chiqib ketdi. Bunga sabab esa "Tank" ning Lamont Rouch bilan o‘tgan hafta durrangga imzo chekkani bo‘ldi.
Devin Xeyni va Junto Nakatani ham Devisning muvaffaqiyatsizligi tufayli bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. Quyida reyting bilan tanishib olishingiz mumkin.
1. Aleksandr Usik
2. Naoya Inoue
3. Terens Krouford
4. Dmitriy Bivol
5. Artur Beterbiev
6. Jessi Rodriges
7. Saul "Kanelo" Alvares
8. Junto Nakatani
9. Devin Xeyni
10. Devid Benavides
Ma’lumot uchun, agar Benavidez ehtimoliy jangda Bivolni enga olsa, pound-for-pound da kuchli beshlikka kirishi mumkin.
Fikrlar