
Boks. Shukurjon Rahimov qozog‘istonlik raqibini nokautga uchratib g‘alaba qozondi (video)
Hamyurtimiz Shukurjon Rahimov Toshkentda o‘tgan professional boks oqshomida qozog‘istonlik bokschi Bagdat Vaidaevga (5-1, 1 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.
Oqshomning asosiy bahsida jang olti raundga mo‘ljallangan edi, biroq qozog‘istonlik jangni davom ettira olmagani va uchinchi raundga chiqa olmagani uchun jang to‘liq davom etmadi. Natijada Rahimov texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Bagdat Vaydaev professional faoliyatidagi ikkinchi, Shukurjon Rahimov esa oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Quyida ushbu jangni tomosha qilishingiz mumkin>>>
Fikrlar